to leftYangiliklar
09 September
eye503
Gastrotourism.uz sayti targ`iboti
Guli xanim

O‘zbekiston Gastronomik turizmi assotsiatsiyasi 2019-yil O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab quvvatlash jamoat fondi tomonidan o‘tkazilgan tanlovda ishtirok etib, turizmning tarixiy-ilmiy, ekologik, faol, gastronomik va boshqa turlarini xorijiy auditoriya o‘rtasida ommalashtirish orqali O‘zbekistonning sayyohlik hamda madaniy-tarixiy jozibadorligini kuchaytirish yo‘nalishidagi “gastrotourism.uz” saytini yaratish, ommalashtirish va O‘zbekistonning gastronomik jozibadorligini oshirish” nomli loyihasi bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi. Fond  mablag‘lari asosida O‘zbekistonning gastronomik jozibasini targ‘ib etuvchi gastrotourism.uz sayti yaratildi. 

Sayt dizayni va kontentlari to‘ldirildi. Saytda horijlik sayyohlar uchun O‘zbekistonga tashrif chog‘ida tatib ko‘rish kerak bo‘lgan brend taomlar haqida o‘zbek, ingliz va rus tillarida ma’lumotlar kiritildi. Sayt targ‘ibotiga bag‘ishlangan 33 ta info-javon va O‘zbekiston Gastronomik turizmi targ‘ibotiga oid bukletlar tayyorlandi hamda Qoraqalpog‘iston turizm departamenti bilan Nukus xalqaro aeroportida joylashgan "Turistik axborot markazi",

I.V.Saviskiy nomidagi davlat san’at muzeyi, "Tashkent" va "Jipek joli" mehmonxonalari,

O‘zbekiston Mehmonxonalari assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda Toshkent shahridagi Residence park hotel Tashkent, 

Tourist Inn Hotel, 

Corner Hotel Tashkent,

Sayyoh Hotel

mehmonxonalarning qabulxonalari(reception)ga  joylashtirildi. Qolgan info-javonlar bosqichma-bosqich viloyatlardagi karantindan so‘ng ochilayotgan mehmonxonalarga  joylashtirilishi rejalashtirilmoqda.

O‘zbekiston Gastronomik turizmi assotsiatsiyasi ushbu loyihani amalga oshirishga ko`mak bergan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab quvvatlash jamoat fondiga o‘z minnatdorchilik bildiradi!

Sevimli hamkorlarimiz