to leftNews
12 March
eye228
Sumalak party in “Navruz
Guli xanim

Hurmatli sayyohlik firmalari!!! Sizlar uchun  O‘zbekistonning eng qadimiy bayramlaridan biri bo‘lgan NAVRO‘Z ayyomi munosabati bilan 5-martdan 25- martgacha shahrimizning etnomadaniy an’analari mujassamllashgan milliy ruhdagi “Navuz” bog‘ida “Sumalak party in “Navruz” gastronomik dasturini taklif etamiz.  Mazkur dastur har bir sayyoh uchun Yunesko nomoddiy me’rosi ro‘yxatiga kirgan O‘zbekistonning eng qadimiy “Naruz” bayrami haqidagi: 

- To‘la tasavvur; 

- Bahoriy kayfiyat; 

-Unutilmas xotiralar 

Taqdim etadi. 

Dastur davomida bayramning o‘ziga xos jihatlari, tarixiy taomlar, milliy madaniy an’analarimiz bilan uyg‘unlik jihatlari to‘la ochib beriladi.  

      1. Kun-soat 09:00 da sayyohlar Navruz bog‘i markazidagi amfi teatrga tashrif buyuradilar. Mahsus treningdan o‘tgan gastro gidlar  bu erda bo‘lib o‘tadigan sumalakni qozonga solish marosimini sharhlab turadilar. Sumalak pishirish jarayonida barcha xohish bildirgan mehmonlarimiz, bug‘doyni maydalash, qozonga solish jarayonida ishtirok etishlari uchun hamma tayyorgarlik ko‘rib qo‘yilgan bo‘ladi.. 

   Soat 9:40 da viloyatlarning tanilgan xunarmandchilik ustaxonasi vakili tomonidan kulolchilik/ yoki kashtachilik bo‘yicha “master klass”lar o‘tkazishni boshlaymiz.       KULOLChILIK. Mehmonlarimiz pishirilgan, yarim tayyor loylarni o‘z qo‘llari bilan bo‘yashadi va san'at asari yaratishadi. Kechgacha quritilgan tayyor holga kelgan suvinir O‘zbekistonimizdan estalik sifatida mehmonimizga sovg‘a qilinadi. 

Soat 10. 30. da Bog‘dagi Samarqand, Buxoro, Horazm ko‘chasida joylashgan hunarmand uylari va ko‘chalar bo‘ylab gid ishtirokidagi  ekskursiya tashkil etiladi.  

Soat 11. 00. da KO‘K SOMSA bo‘yicha master-klass. Hamiri oldindan tayyorlangan, somsalarning masalliqlari tugishga tayyor holda bo‘ladi. Mehmonlarga “O‘ZBEKISTON GASTRONOMIK TURIZMI ASSOTSIATSIYA” si tomonidan fartuk, qo‘lqoplar va jo‘valar beriladi.  Mehmonlar bahor taomini nafaqat tanavvul qilishadi, balki o‘z qo'llari bilan tayyorlab  ko‘rish imkoniga ega bo‘ladilar. 

Soat 13. 00. da Amir Temur davri mum haykallari muzeyi 

 Soat 14. 00. Milliy taomlar restoranida tushlik 

Soat 15.00 Jizzah, Navoiy, Toshkent, Nukus ko‘chalari bo‘ylab gid hamrohligida ekskursiya va shopping. 

Soat 17.00 Labi hovuz majumuasida milliy o‘yinlar va milliy folklor namoyishlari: 

- arqon tortish; 

-sochni mayda o‘rish; 

- o‘sma qo‘yish musobaqasi; 

- “kim oladi-yo shuginaniyo” o‘yini  

- “kelin salom” marosimi 

Mazkur milliy ko‘ngilochar shoularda sayyohlar bevosita ishtirok etishlari mumkin. 

Shu bilan birga, kun davomida bog‘da milliy musiqalar, raqslar, milliy liboslar do‘konlari,  ko‘ngil ochar tomoshalar to‘xtovsiz davom etadi. Sayyohlar har doim sumalakni kavlash imkoniyatiga ham egalar. 

Soat 19.00 da Milliy taomlar restoranida kechgi ovqat. 

Soat 20.00 da “Lazgi fitnes” mehmonlarga lazgining Yuneskoga kiritilgan o‘zbek raqsi ekanligi, uning tarixi haqida ma’lumot beriladi. Va  hareograf harakatlari asosida lazgiga raqsga tushiladi. 

Soat 22.00 da Kechki bog‘ manzarasini yuqoridan tamosha qilib “Anxor yulduzi” 72 metrlik charhpalakda uchib kun hordiqlarini chiqarish! 

  Kun yakuni 23:00da sumalak pishirilayotgan qozonimizni yopamiz!    

   Mazkur “tur”da o‘z ichiga oladi: 

-  gastro-gid xizmati  

- Kulolchilik yoki kashtachilik master-klas to

- “ko‘k somsa” master-klass 

- “Lazgi” fitnes (Raqs)  

- 2 mahal ovqatlanish (set menyu) 

- Amir Temur davri mum-haykallari muzeyi chiptasi 

- “Navro‘z yulduzi” atraktsionida uchish (72metrli charxpalak) 

- Sumalak master-klass  

- Ko‘ngilochar  “Milliy o‘yinlarimiz milliy an’anamiz”  ko‘ngil -ochar shou  tamoshasi. 

 

 2.Kun-soat 09:00 Sumalak taomimizni qadim o‘tmishdan, ota-bobolarimizdan aytib kelinadigan rivoyatlar, ertaklar bilan (qozon ustida chizilib qolinadigan rasimlar xaqida) qozonimizni ochamiz. Barcha mexmonlarimizga iste’mol qilib kurishlari uchun idishlarga solib beramiz.

Our favorite partners