26 August
eye111
"Gastromahalla" va "Restoservice.uz" loyihalari Farg`onada
Guli xanim

Bugun Farg`ona shahridagi “Samo” sport majmuasida O`zbekiston Gastronomik turizmi assotsiatsiyasi, Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi Mahalla va oila ilmiy tadqiqot instituti hamda O`zbekiston Turizm va sport vazirligi hamkorligidagi “Gastromahalla” va "Restoservice.uz" loyihalarining taqdimoti va seminar-treningi bo`lib o`tdi.

Mazkur tadbirda Farg`ona shahrida joylashgan mehmon uylari,  umumiy ovqatlanish korxonalari va mehmonxona egalari,  shuningdek,  zoom platformasi orqali Marg`ilon va Qo`qon shahridagi tadbirkorlar ham onlayn tarzda ishtirok etdi. Loyihada turizmda xizmat sifatini oshirish, sayyohlarni jalb qilish kabi ko`plab mavzularda so`z yuritildi.

“Gastromahalla” loyihasida ishtirok etish tartibi, gastromahalla.uz sayti va mobil ilovasidan foydalanish qoidalari haqida tushuncha berildi.

Aytish kerak, Gastromahalla loyihasi 2020-yilda yo`lga qo`yilgan bo`lib, dastlabki bosqichda Toshkent shahri va Buxoro viloyati sinov tariqasida tanlab olingan edi.
   Eslatib o`tamiz, mazkur loyiha taqdimoti vodiy bo`ylab davom etadi. Ertangi manzil: Namangan shahri.

*Gastromahalla.uz va Restoservice.uz saytlariga tashrif buyurib, loyihalar haqida batafsil ma’lumotga ega bo`lishingiz mumkin.

Sevimli hamkorlarimiz