12 March
eye1648
Guli Khanum Sheikhning O'zbekiston Gastronomik Turizmi assotsiatsiyasiga tashrifi
Guli xanim

18-dekabr kuni O'zbekiston Gastronomik Turizmi assotsiatsiyasiga Britaniya Lordi Mohamed Iltaf Sheikhning rafiqasi Guli Khanum Sheikh tashrif buyurdilar. "The Silk Route Global" kompaniyasi va London College of English nodavlat o'quv markazi asoschisi Guli Khanum Sheikh va O'zbekiston Gastronomik Turizmi assotsiatsiyasi o'rtasida hamkorlik loyihalari muhokama qilindi.

O'z vataniga, milliy an'analariga mehri baland bo'lgan o'zbek farzandi Guli Khanum Sheikh va  assotsiatsiyamiz raisi Gulnoza Odilova o'rtasida kechgan qizg'in, do'stona muzokara jarayonida yosh avlodga xorijiy tilni o'qitish, milliy an'analarimizni asrash, hamda O'zbekistonning madaniyati, milliy oshxonasini jahonga targ'ib qilishga oid 2020 yil uchun rejalashtirilayotgan bir qator qo'shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.

Tez kunlarda ushbu uchrashuvning ilk natijalariga guvoh bo'lishingiz mumkin.

Sevimli hamkorlarimiz