18 August
eye85
Mehmonxona va oilaviy dam olish maskanlariga tashrif
Guli xanim

17-avgust kuni Bo'stonliq tuman hokimiyati, Toshkent viloyati Turizm departamenti, O'zbekiston Otelyerlar assotsiatsiyasi,  shuningdek, O'zbekiston Gastronomik turizmi assotsiatsiyasi va bir qator soha mutaxassislardan iborat ishchi guruh Toshkent viloyati, Bo'stonliq tumanidagi "Layner", "Charos", Heaven's garden", "Panoramic SPA hotel" va bugun ochilish marosimi bo'lib o'tgan "Royal garden" mehmonxonalariga tashrif buyurdilar.

Tashrifdan asosiy maqsad mehmonxonalarda xizmat ko'rsatish sifati, tamaddixonalar oshxonasi va menyusining xalqaro standartlarga javob berishi, ishchi xodimlarning malakasi va shu kabi jihatlarni o'rganish hamda soha rivoji bo'yicha fikr-mulohaza almashishdan iborat bo'ldi.

Shu bilan birga O'zbekiston Gastronomik turizmi assotsiatsiyasi tomonidan mehmonxonalarda "O'zbek nonushtasi"ni joriy qilish masalasi ilgari surildi. 

Mazkur ishchi guruh yana 2 kun davomida Bo'stonliq tumanidagi mehmonxona va otellar faoliyatini yaqindan o'rganadi. 20-avgust kuni yakuniy yig'ilish o'tkaziladi. Unda o'rganish va tahlildan kelib chiqib yakuniy xulosalar, taklif va tavsiyalar beriladi. Shuningdek, mehmonxona va restoranlarga xalqaro "Halal" sertifikatini olish tartibi bo'yicha taqdimot o'tkazilib, restorator va mehmonxona egalariga batafsil ma'lumot beriladi. 

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston Gastronomik turizmi assotsiyasi O'zbekiston Oshpazlar uyushmasi bilan o'zaro hamkorlikda xalqaro "Halal" sertifikatini qo'lga kiritish tizimini joriy etdi.

Sevimli hamkorlarimiz