31 May
eye602
O'zbekiston bilan taom tayyorla!
Guli xanim

Sizga ma'lumki, O'zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi, O'zbekiston Gastronomik turizmi assotsiatsiyasi hamda "Dunyo bo'ylab" telekanali bilan hamkorlikda "O'zbekiston bilan taom tayyorla" loyihasini yo'lga qo'ygan. Loyiha doirasida har hafta O'zbek oshxonasining milliy taomlari yurtimizning taniqli oshpazlari tomonidan online tarzda mahorat darslari ko'rinishida tayyorlab ko'rsatilmoqda. Ushbu mahorat darslarini dunyoning istalgan nuqtasidan turib tomosha qilish va ko'rsatilayotgan taomlarni o'rganib, tayyorlab ko'rish mumkin. Bu esa yurtimizga tashrif buyurish istagida bo'lgan sayyohlar uchun ayni muddaodir. Loyihaning asosiy maqsadi, bugun uyda o'tirib ertaga yurtimizga tashrif buyirishi mumkin bo'lgan chet ellik sayyohlarga yurtimizning gastroturistik salohiyatini namoyon etishdan iborat.

Mazkur online mahorat darslarining navbatdagi soni doimiy manzil Toshkent shahridagi Navro'z bog'i, Buxoro restoranida bo'lib o'tdi. Unda jonli efirda mahoratli oshpaz, bir necha tanlovlar g'olibi Rahim Davletov tomonidan o'zbek oshxonasining tansiq taomlaridan biri "Qozon kabob" tayyorlab ko'rsatildi.

Bu jarayonni bir qator chet davlatlari vakillari online kuzatib bordilar.

Oshpaz taomni tayyorlash jarayonida uning tayyorlanish jarayonidagi muhim jihatlargaa alohida to'xtalib, uning foydali xususiyatlari haqida ham so'zlab berdi.

Mahorat darsi davomida kuzatuvchilar oshpazga jarayonga oid o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va ularga tegishlicha javoblar olishdi. O'zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi tomonidan tayyorlangan yurtimizning turistik salohiyatini namoyon qiluvchi videorolik taqdim etildi.

Mahorat darsi barcha ishtirokchilarda iliq taassurot qoldirdi va ishtirokchilar mahorat darsining online kuzatuvchilari tashkilotchilarga o'z minnatdorliklarini bildirishdi.

"O'zbekiston bilan taom tayyorla" loyihasi davom etadi.

 

Sevimli hamkorlarimiz