05 June
eye709
O'zbekiston bilan taom tayyorla!
Guli xanim

O'zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi, O'zbekiston Gastronomik turizmi assotsiatsiyasi hamda "Dunyo bo'ylab" telekanali bilan hamkorlikda "O'zbekiston bilan taom tayyorla" loyihasini yo'lga qo'ygan edi. Loyiha doirasida har hafta O'zbek oshxonasining milliy taomlari yurtimizning taniqli oshpazlari tomonidan online tarzda mahorat darslari ko'rinishida tayyorlab ko'rsatilmoqda. Ushbu mahorat darslarini dunyoning istalgan nuqtasidan turib tomosha qilish va ko'rsatilayotgan taomlarni o'rganib, tayyorlab ko'rish mumkin. Bu esa yurtimizga tashrif buyurish istagida bo'lgan sayyohlar uchun ayni muddaodir. Loyihaning asosiy maqsadi, bugun uyda o'tirib ertaga yurtimizga tashrif buyirishi mumkin bo'lgan chet ellik sayyohlarga yurtimizning gastroturistik salohiyatini namoyon etishdan iborat.

Unda jonli efirda mahoratli oshpaz Ro'ziboyev Azamat tomonidan hozirgi mavsumga mos yaxna ichimlik "Ayron" va "Go'ja" tayyorlab ko'rsatildi. Oshpaz ularni tayyorlash jarayonida uning foydali jihatlariga ham to'xtalib o'tdi.

Bu jarayonni doimgidek bir qator chet davlatlari vakillari online kuzatib bordilar va mahorat darsi davomida kuzatuvchilar oshpazga jarayonga oid o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib ularga tegishlicha javoblar olishdi.

Yakunda esa O'zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi tomonidan tayyorlangan yurtimizning turistik salohiyatini namoyon qiluvchi videorolik taqdim etildi. Mahorat darsi barcha ishtirokchilarda iliq taassurot qoldirdi va mahorat darsining online kuzatuvchilari tashkilotchilarga o'z minnatdorliklarini bildirishdi.

Shunday qilib, ishtirokchilar uyda qolib yana bir o'zbek oshxonasiga oid taomning tayyorlanish jarayonini kuzatib foydali ma'lumotlarga ega bo'ldilar.

#StayHome

#CookwithUzbekiston

#PlanYourTastyDestination

Sevimli hamkorlarimiz