27 March
eye605
"Gastro mahalla" loyihasi taqdimoti
Guli xanim

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga yo‘llagan  murojaatnomasida ko‘plab sohalar qatori mahalla tizimi faoliyatini yanada rivojlantirish masalasi yuzasidan o‘zining taklif va tavsiyalarini bergan edi. Ana shu vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida 2020-yilning 27-mart kuni “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti hamda O‘zbekiston Gastronomik turizmi assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda  mahallalarda turistik muhitni yaratish, ayollar daftariga kiritilgan ishsiz ayollarning oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishlari va o‘z-o‘zini band etishlariga amaliy ko‘mak berish, shuningdek,  sayyohlarni milliy taomlarimizni tayyorlash an’analari bilan yaqindan tanishtirish, milliy donalik taom savdosi bilan shug‘ullanadigan fuqarolarni sayyohlarga xizmat ko‘rsatish sohasiga jalb etish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan “Gastro mahalla loyihasi doirasida info-tur tashkil qilindi. Unda dastlab Yunusobod tumani, Otchopar 1 MFY Faollar zalida loyihaning taqdimoti bo‘lib o‘tdi va taqdimot marosimida bir qator OAV xodimlari, gid-ekskursovodlar va tur-operatorlar ishtirok etdilar.

O`zbekiston Gastronomik turizmi assotsiatsiyasi rahbari Gulnoza Odilova yig`ilganlarga loyiha haqida to`liq ma’lumot berib, ularga loyiha doirasida shu paytgacha amalga oshirilgan ishlar haqida so`zlab berdi hamda ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga javob berdi.

Shuningdek,  www.gastromahalla.uz veb-sayti va gastromahalla mobil ilovasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 

Shundan so‘ng loyihada ishtirok etish istagini bildirgan  Toshkent shahri, Yunusobod tumani,  Shaxriston MFY, Sho‘rob ko‘cha, 20 uyda yashovchi Ashirova Feruzaning xonadonlariga borib sayyohlarni jalb qilish bo‘yicha yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi

hamda xonadon sohibasiga "Gastro mahalla" loyihasi va uning seminarlaridagi ishtiroki uchun sertifikat topshirildi. 

Kelajakda loyiha ko`zlangan natijani bera olsa, uni butun respublika bo`ylab amaliyotga joriy qilish rejalashtirildi.

Sevimli hamkorlarimiz