26 February
eye577
"Gastro mahalla" loyihasi targ`iboti davom etmoqda
Guli xanim

O`zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda O`zbekiston Gastronomik turizmi assotsiatsiyasi tomonidan  yo`lga qo`yilganGastro-mahallaloyihasining targ`ibot tadbirlari davom etmoqda.

Bir guruh mutaxassislar 25-fevral kuni navbatdagi manzil Yunusobod tumanidagi, Otchopar, Shahriston, Bo`zsuv mahallarida ish bilan band bo`lmagan, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar bilan  uchrashdilar. Dastlab, yig`ilganlarga so`rovnoma tarqatilib, gastronomik turizm, gastro mahalla tog`risida biror bir tasavvur mavjud yoki yo`qligi haqida yozma ravishda malumot olindi.

So`ng shu malumotlardan kelib chiqib  loyiha haqida atroflicha tushuncha berildi, uning maqsad va vazifalari aniq bayon etildi. Loyihada ishtirok etish istagini bildirgan ayollarning malumotlari aks etgan ro`yxat shakllantirildi va ular bilan bo`lib o`tadigan keyingi uchrashuv sanasi belgilab olindi.

     Loyihaning targ`ibot tadbirlari davom etadi. Keying manzil: Buxoro viloyati.

Sevimli hamkorlarimiz